Barselona Misrning yosh iqtidorini transfer qildi

"Al-Ahli" hujumchisi Hamza Abdelkarim "Barselona" safiga o'tmoqda. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvni allaqachon yakunlab bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga ijara asosida qo'shiladi, shartnomada 3 mln yevroga sotib olish opsiyasi ham bor. Yaqin kunlarda misrlik iqtidor tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng transfer rasman rasmiylashtiriladi.
"Barselona"ning yosh misrlik yulduzni o'ziga og'dirish niyati bir necha oy avval ham tilga olingandi. Abdelkarim Qohiraning "Al-Ahli" jamoasi safida 9 o'yinda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki assist qayd etmagan.
Shu bilan birga, u Misrning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ancha sermahsul: 19 uchrashuvda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatma bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!