Djikiya «Antalyaspor»da qolishi mumkinligini agenti aytdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Djikiya bo‘yicha uning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, Djikiyaning holati yaxshi, klub ham unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi mikrojaraohat bo‘lgani, hozir esa tiklanib ulgurgani ta’kidlandi. Kuzmichyov keyingi o‘yinda Djikiya yana tarkibda bo‘lishini kutmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning bu mavsum Turkiya chempionatida hisobida 12 ta o‘yin va 2 ta gol bor. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing