UzAuto Motors Cobalt uchun onlayn shartnomalarni ochishini maʼlum qildi

UzAuto Motors Cobalt uchun onlayn shartnomalarni ochishini maʼlum qildi
Qisqacha

UzAuto Motors kompaniyasi 2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 dan e’tiboran Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma berish jarayoni boshlanishini e’lon qildi. Xaridorlar shartnomalarni UzAvtoSavdo platformasi, mobil ilovasi yoki rasmiy dilerlik markazlari orqali rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Rasmiylashtirilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovni 7 kalendar kuni ichida amalga oshirish lozim hamda hujjatda haqiqiylikni tasdiqlovchi QR-kod bo‘lishi shart.

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma rasmiylashtirish jarayoni boshlanishini rasman eʼlon qildi. Bu haqda korxona axborot xizmati maʼlumot tarqatdi.

Taʼkidlanishicha, Cobalt modeliga boʻlgan katta qiziqish hamda mijozlardan kelib tushayotgan koʻplab taklif va soʻrovlar hisobga olinib, kontrakt tuzish jarayoni barcha turdagi komplektatsiyalar uchun yoʻlga qoʻyiladi.

2026 yil 28 aprel kuni soat 10:00 dan eʼtiboran barcha xaridorlar uchun onlayn shartnomalarni ochish rejalashtirilgan. Avtomobil sotib olish istagidagi fuqarolar shartnomani UzAvtoSavdo platformasi orqali rasmiylashtirishlari yoki oʻzlariga yaqin boʻlgan Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, Telegram-bot hamda UzAvtoSavdo mobil dasturi (iOS/Android) orqali navbatni nazorat qilish va mavjud avtomobillar haqida tezkor axborot olish imkoniyati ham yaratilgan.

Kompaniya eslatishicha, rasmiylashtirilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovni 7 kalendar kun ichida amalga oshirish talab etiladi.

Bundan tashqari, har bir shartnomada maxsus QR-kod mavjud boʻlishi shartligi alohida qayd etildi. Mazkur kod hujjatning haqiqiyligini tasdiqlaydi. QR-kodsiz taqdim etilgan shartnomalar UzAuto Motors yoki uning rasmiy dilerlariga tegishli emasligi bildirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar