date

Kompani 18 yoshli Ndiayeni «Mayns»ga qarshi asosiy tarkibga qo'ydi

Kompani 18 yoshli Ndiayeni «Mayns»ga qarshi asosiy tarkibga qo'ydi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing «Mayns»ga qarshi uchrashuvi oldidan 18 yoshli Bara Sapoko Ndiayening kutilmagan debyuti borasida o'z fikrlarini bildirdi. Yosh yarim himoyachi tayanch zonasida Aleksandr Pavlovich bilan birga asosiy tarkibda maydonga tushdi. Myunxenliklar ustozi bunday o'yinlar yosh futbolchilar uchun oson kechmasligini va bu katta sinov ekanini ta'kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kompani jamoasidan turnir jadvalining quyi pog'onalarida borayotgan raqibga qarshi safar o'yinida yetuklik ko'rsatishni talab qildi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Ndiaye ushbu imkoniyatni o'z mehnati bilan qo'lga kiritgan. Shu kuni Joshua Kimmixga dam berildi, Jamal Mussiala esa zaxirada qoldirilib, uning o'rnini Leon Goretzka egalladi. Myunxenliklar o'tgan turda «Shtutgart»ni mag'lub etib, chempionlikni muddatidan oldin naqd qilib bo'lgan edi.


Senegallik markaziy yarim himoyachi Ndiaye «Bavariya»ning Afrikadagi hamkori «Gambinos Stars» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yozda jamoa ko'rigida bo'lgan va Kompanining e'tiborini tortgan edi. Hozirda futbolchi ijara asosida o'ynamoqda, biroq Germaniya rekordsmionlari yozda uning transfer huquqini to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ndiaye bungacha Bundesligada «Sankt-Pauli» va «Shtutgart»ga qarshi bahslarda zaxiradan maydonga tushgan edi. Shuningdek, u Germaniya kubogi yarim finalida «Bayer»ga qarshi o'yin qaydnomasiga ham kiritilgan. Kompani bilan birga yana uch nafar akademiya tarbiyalanuvchisi — Deniz Ofli, Rafael Pavlich va Bastian Assomo ham zaxira o'rindig'idan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani 18 yoshli Ndiayeni «Mayns»ga qarshi asosiy tarkibga qo'ydi