Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu mag'lubiyat Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo'ldi.
Olti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing