Ronaldu Al-Nasr g'alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, yetakchisiz ham “Al-Nasr” ishonchli yurishini davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: jamoa Tojikistonda “Istiklol”ni 4:0 hisobida yirik mag'lub etdi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr”ning guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Portugaliyalik hujumchi postga olov va olqish emojilarini qo'shdi.
Ronaldu hozir 40 yoshda. Uning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing