Emery Yevrokuboklarda Aston Villa bilan tarixga kirdi

Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasida «Aston Villa» safarda «Fenerbahche»ni minimal hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv 1:0 natijasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, bu g‘alaba Unai Emery uchun «Aston Villa» bosh murabbiyi sifatida yevrokuboklarda 31 ta o‘yinda qo‘lga kiritilgan 20-g‘alaba bo‘ldi. Qayd etilishicha, ingliz klublari bilan 20 ta yevrokubok g‘alabasiga bundan tezroq faqat Devid Moyes («West Ham» — 28 o‘yin), Bill Nikolson («Tottenham» — 29) va Bob Peysli («Liverpool» — 29) erishgan.
7 turdan so‘ng «Aston Villa» Yevropa Ligasi jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yakuniy turda Emery shogirdlari o‘z maydonida «Red Bull Salzburg»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing