date

Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bo'lib bormoqda

Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bo'lib bormoqda

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniga yaqin: oldinda atigi bitta tur qoldi. Yetti haftalik uchrashuvlardan keyin WhoScored statistik portali tuzgan reytingda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe o'rtacha baho bo'yicha yetakchilikni ushlab turibdi. Fransuz futbolchi 11 ta gol bilan to'purarlik poygasida ham peshqadam. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingda ikkinchi o'rin «Bavariya» hujumchisi Garri Keynga tegishli. Kuchli uchlikni esa uning jamoadoshi Maykl Olise yakunlab turibdi. Keyingi o'rinlarda «Atletiko»dan Xulian Alvares va «Liverpul» vakili Dominik Soboslai mos ravishda to'rtinchi hamda beshinchi pog'onalarni egallagan.

Oltinchidan o'ninchi o'ringacha bo'lgan ro'yxatda Viktor Osimhen («Galatasaray»), Lamin Yamal («Barselona»), Yens Xauge («Bude-Glimt»), Hvicha Kvaratsxeliya («PSJ») va «Real» darvozaboni Tibo Kurtua qayd etilgan.

Hal qiluvchi, so'nggi tur uchrashuvlari 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bo'lib bormoqda