Al-Nasr Ronaldu bilan 2027 yildan keyin ham qolishni xohlaydi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqmoqda. Rejaga binoan, Ronalduning «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushi 15 foizgacha oshirilishi mumkin. Liga Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli mexanizmlarni o'rganmoqda.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing