date

"Napoli" yirik gʻalaba bilan ikkinchi oʻringa koʻtarildi

"Napoli" yirik gʻalaba bilan ikkinchi oʻringa koʻtarildi

Italiya chempionatida kurash tobora keskin tus olmoqda. A Seriyaning 34-turidan oʻrin olgan bahsda "Napoli" oʻz maydonida "Kremoneze"ni qabul qildi va muxlislar kutganidek ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Neapol shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda mezbon jamoa raqibini mutlaq ustunlik bilan yengdi — 4:0. Oʻyinning dastlabki daqiqalaridanoq “Napoli” tashabbusni qoʻlga oldi va hujumlarda faol harakat qildi. Natijada 3-daqiqada Skott Maktominay hisobni ochdi. Birinchi boʻlim oxirida esa ustunlik yanada oshirildi: 45-daqiqada Rasmus Hoylund gol urgan boʻlsa, 45+3-daqiqada Kevin De Bryuyne oʻz nomi yozilgan gol bilan farqni yanada kattalashtirdi.

Ikkinchi boʻlimda ham neapolliklar bosimni pasaytirmadi. 52-daqiqada Alisson Santos jamoasining toʻrtinchi golini kiritib, uchrashuvga nuqta qoʻydi. Shu tariqa, oʻyin amalda erta hal etildi.

Ayniqsa, Kevin De Bryuynening harakatlari alohida eʼtiborga loyiq boʻldi — u nafaqat gol urdi, balki sheriklariga golli uzatma ham taqdim etdi. Uning maydondagi faolligi jamoa oʻyiniga jiddiy taʼsir koʻrsatdi.

A Seriya. 34-tur
Napoli – Kremoneze 4:0
Gollar: Maktominay 3, Hoylund 45, De Bryuyne 45+3, Alisson Santos 52
Napoli: Vanya Milinkovich-Savich, Olivera (Bekema, 53), Buondjorno, Rahmani, Gutiyerres, Lobotka (Gilmur, 54), Maktominay, Politano, Santos, De Bryuyne, (Elmas, 75) Hoylund.
Kremoneze: Audero, Petssella, Luperto, Baskirotto, Terrachchano, Payero, Male, Bondo (Grassi, 46), Floriani (Zerbin, 46), Bonatssoli, Okereke.
Foydanilmagan penalti: Maktominay 83

Shu gʻalaba orqali "Napoli" oʻz ochkolari sonini 69 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi pogʻonaga koʻtarildi va yuqori oʻrinlar uchun kurashni yanada qizitdi. "Kremoneze" esa 28 ochko bilan 17-oʻrinda qolmoqda va pastki pogʻonalardan uzoqlashish uchun hali koʻp mehnat qilishiga toʻgʻri keladi.

Qizigʻi, uchrashuv davomida mezbonlar yana bir imkoniyatni ishga sola olmadi — 83-daqiqada Skott Maktominay penaltini aniq amalga oshira olmadi. Ammo bu holat umumiy natijaga taʼsir koʻrsatmadi.

Qisqasi, “Napoli” bu oʻyinda oʻzining yuqori darajasini yana bir bor namoyon qildi. Agar jamoa shu ruhda davom etsa, mavsum yakunida yanada yuqori marralarni zabt etishi hech gap emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Napoli" yirik gʻalaba bilan ikkinchi oʻringa koʻtarildi