Madridning "Real" klubi Sevilyada muhim ochkolarni yoʻqotdi

Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida "Real Betis" oʻz maydonida turnir jadvali yetakchilaridan biri – Madridning "Real" klubini qabul qildi. Dramatik ruhda oʻtgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Oʻyinning 17-daqiqasida Vinisius Junior madridliklarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, uchrashuv yakunlanishi arafasida, 90+4-daqiqada Ektor Belerin muvozanatni tiklab, mezbonlarga bir ochko taqdim etdi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, uchrashuv juda keskin va teng kurashlar ostida oʻtdi. "Real Betis" toʻp nazorati boʻyicha 53% koʻrsatkich bilan biroz ustunlik qildi va raqib darvozasi tomon 17 ta zarba (5 tasi aniq) yoʻlladi. "Real Madrid" esa 14 ta zarba bergan boʻlsa-da, ularning 8 tasi aniq chiqdi. Shuningdek, mezbonlar 91% aniqlikda 560 ta pas uzatib, oʻyin tizginini ushlab turishga harakat qilishdi. Ushbu durangdan soʻng "Real Madrid" 74 ochko bilan 2-oʻrinda, "Betis" esa 50 ochko bilan 5-pogʻonada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!