“Javohir eng mehribon insonlardan biri” — Bibisora Assubayeva fikri

“Javohir eng mehribon insonlardan biri” — Bibisora Assubayeva fikri
Qisqacha

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva Kiprdagi Nomzodlar turnirida g‘olib bo‘lgan Javohir Sindorovni tabrikladi. U sportchi bilan besh yildan beri tanishligini ta’kidlab, uni dunyodagi eng mehribon insonlardan biri deb atadi. Hozirda Javohir turnirda yetakchilik qilmoqda, Bibisora esa ayollar o‘rtasidagi musobaqada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomzodlar turnirining 13-turidan so‘ng g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Javohir Sindorovni muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Shu bilan birga, u muxlislar tomonidan eng ko‘p berilayotgan “Javohir bilan munosabatlaringiz qanday?” degan savolga ham javob berdi:

“Men Javohir uchun juda ham xursandman va u bilan faxrlanaman. Biz bir-birimizni besh yildan beri taniymiz, bir-birimizning yutuqlarimizga guvoh bo‘lib, birga katta bo‘lganmiz. Meningcha, Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri. Uning g‘alabasidan chin dildan mamnun bo‘ldim, u bu yutuqqa to‘liq loyiq edi”, deydi Assubayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorovning buvisi ham ushbu munosabatlar haqida fikr bildirib, agar yoshlar istasa, oilasi bunga rozi ekanini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, Sindorov Nomzodlar turniri yakuniga 1 tur qolganida chempionlikni rasman hal qildi. Sportchi 13-turdan so‘ng 9,5 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritmoqda. Bibisora esa ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirida 7,5 ochko bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi tur o‘yinlari 15 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Assubayeva hindistonlik, oxirgi o‘rinda borayotgan Diyva Deshmuhga qarshi maydonga tushadi. Sindorov esa xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar