Eldor Shomurodovning dubli "Istanbul Bashakshehir"ga "Kasimpasha" ustidan yirik gʻalaba keltirdi

Turkiya Superligasining 31-turi doirasida "Istanbul Bashakshehir" oʻz maydonida "Kasimpasha" jamoasini qabul qildi va 4:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Oʻyin qahramoniga aylangan oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 5 va 87-daqiqalarda raqib darvozasini ishgʻol qilib, dubl qayd etdi. Shuningdek, mezbonlar safida Bertug Yildirim (22') va Davi Zelke (81') ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻyishdi. Mehmonlar safida Rodrigo Bekan 44-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi.
Oʻyin davomida "Istanbul Bashakshehir" mutlaq ustunlikka ega boʻldi. Mezbonlar toʻp nazoratini 68% koʻrsatkich bilan ushlab turishdi va raqib darvozasi sari jami 12 ta zarba yoʻllashdi (shundan 8 tasi aniq). "Kasimpasha" esa bor-yoʻgʻi 2 ta aniq zarba bera oldi. Mazkur gʻalaba evaziga "Bashakshehir" turnir jadvalida 51 ochko bilan 5-oʻringa koʻtarilib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!