date

“To‘yimda uch oylik homilador edim” — Aziza Nizamova mish-mishlarga oydinlik kiritdi

“To‘yimda uch oylik homilador edim” — Aziza Nizamova mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Xonanda Aziza Nizomova atrofida tarqalgan turli gap-so‘zlarga munosabat bildirib, o‘zining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

Intervyularidan birida u turmush qurish yoshi haqida ham fikr bildirib, 30 yoshda oila qurganini va bu borada kechikish yo‘qligini ta’kidladi. Uning aytishicha, inson o‘z baxtini qachon topsa, aynan o‘sha payt eng to‘g‘ri fursat hisoblanadi.

San’atkor to‘yi kamtarona tarzda o‘tkazilganini ham eslab o‘tdi. Dastlab ular faqat FHDYo (ZAGS)dan o‘tish bilan cheklanishni rejalashtirgan, biroq keyinchalik turmush o‘rtog‘ining tashabbusi bilan to‘y marosimi tashkil etilgan.

Aziza Nizomovaning so‘zlariga ko‘ra, to‘y vaqtida u uch oylik homilador bo‘lgan, ammo rasmiy nikoh bundan ancha oldin qayd etilgan. Aynan shu jihat noto‘g‘ri talqin qilinib, turli mish-mishlarga sabab bo‘lganini aytdi.

Xonanda bu kabi gap-so‘zlar asossiz ekanini bildirib, vaziyatga aniqlik kiritdi hamda muxlislarni haqiqatni to‘g‘ri qabul qilishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “To‘yimda uch oylik homilador edim” — Aziza Nizamova mish-mishlarga oydinlik kiritdi