Al-Nasr Ronaldu kelajagini Saudia bilan bog'lamoqchi

Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudia Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biri sifatida ko'rishni o'ylamoqda. Rejaga binoan, Ronaldu «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushi 15 foizgacha oshirilishi mumkin. Liga esa Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni ko'rib chiqmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda hujumchi saudiya klubi safida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 gol urdi va 3 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing