date

Chempionlar Ligasi reytingida Keyn ikkinchi Yamal yettinchi

Chempionlar Ligasi reytingida Keyn ikkinchi Yamal yettinchi

Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakuniga yaqinlashdi: jamoalar oldinda faqat bitta tur o‘ynaydi. Yetti turdan keyin WhoScored statistik portali tuzgan eng yaxshi futbolchilar reytingida Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe peshqadam bo‘lib turibdi. U turnir to‘purarlari poygasida ham 11 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘rtacha baholar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Bavariya” forvardi Garri Keyn qayd etildi. Kuchli uchlikni esa uning jamoadoshi Maykl Olise yakunlab turibdi. “Atletiko” vakili Xulian Alvares to‘rtinchi, “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai beshinchi pog‘onadan joy oldi.

6–10-o‘rinlarda Viktor Osimhen (“Galatasaray”), Lamin Yamal (“Barselona”), Yens Xauge (“Bude-Glimt”), Hvicha Kvaratsxeliya (“PSJ”) hamda “Real” darvozaboni Tibo Kurtua qayd etilgan.

So‘nggi tur uchrashuvlari 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi reytingida Keyn ikkinchi Yamal yettinchi