date

Great Wall kompaniyasi Rossiyada 8 silindrli Souo S2000 mototsiklini sotadi

Great Wall kompaniyasi Rossiyada 8 silindrli Souo S2000 mototsiklini sotadi

Xitoyning "Great Wall" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Souo S2000" og'ir mototsikli Rossiya bozoriga kirib kelishga tayyorlanmoqda. Ushbu model mashhur "Honda Gold Wing" kruizerlarining analogi hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda texnikani sertifikatlash jarayonlari yakunlanmoqda.


"Za rulem" nashri bosh muharriri Maksim Kadakovning so'zlariga ko'ra, kompaniya ayni paytda distribyutor qidirish bilan band. Agar barcha jarayonlar reja asosida ketsa, yangi mototsikl savdolari joriy yilning oxiriga qadar boshlanishi kutilmoqda.

"Souo S2000" o'zining texnik ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi. U 2,0 litr hajmli va 154 ot kuchiga ega bo'lgan dunyodagi ilk gorizontal-oppozit 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan.


Mazkur kuch agregati 8 pog'onali robotlashtirilgan transmissiya bilan birga ishlaydi.

Mototsikl quyma alyuminiy ramaga qurilgan bo'lib, zamonaviy "Hossack" uslubidagi osma va "Brembo" tormoz tizimiga ega. Shuningdek, uning jihozlar ro'yxatidan 12 dyuymli raqamli panel, o'rindiq va tutqichlarni isitish tizimi hamda "Bluetooth" audiotizimi o'rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Great Wall kompaniyasi Rossiyada 8 silindrli Souo S2000 mototsiklini sotadi