Rossiyaning Irtish protsessori The Witcher 3 o'yinida 30 FPS tezlikni qayd etdi

Moskvadagi ExpoElectronica 2026 ko‘rgazmasida Rossiyaning 32 yadroli "Irtysh C632" protsessori imkoniyatlari "The Witcher 3" o‘yini orqali namoyish etildi. Xitoyning LoongArch arxitekturasiga asoslangan ushbu qurilma maxsus translyatsiya texnologiyasi yordamida o‘yin davomida o‘rtacha 30 FPS atrofida tezlikni qayd etdi. Mutaxassislarning fikricha, kadrlar chastotasining pastligi videoqurilma bilan emas, balki kodlarni tarjima qilishdagi texnik cheklovlar bilan bog‘liq. Mazkur protsessorlar faqat korporativ va tijorat segmenti uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning chakana savdoga chiqarilishi kutilmayapti.
Moskvada o'tgan ExpoElectronica 2026 ko'rgazmasida Rossiyaning 32 yadroli "Irtish C632" protsessori imkoniyatlari namoyish etildi. Xitoyning LoongArch arxitekturasiga asoslangan ushbu qurilma yordamida mashhur "The Witcher 3" o'yini ishga tushirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Tizim AMD Radeon RX 9060 XT videokartasi bilan birgalikda Linux operatsion tizimi boshqaruvida ishladi. O'yin Steam platformasi va binar translatsiya texnologiyasi orqali yurgizildi, chunki protsessor x86 standartiga ega emas.

Sinov davomida o'yin Ultra sozlamalarda 22–32 FPS, past sozlamalarda esa 25–38 FPS tezlikni ko'rsatdi. Mutaxassislarning fikricha, kadrlar chastotasining pastligi videokarta bilan emas, balki kodlarni tarjima qilishdagi cheklovlar bilan bog'liq.
"Irtish" liniyasi tarkibiga 64 yadroli C664 modeli ham kiradi. Ushbu protsessorlar oddiy foydalanuvchilar uchun emas, balki tijorat va korporativ segment uchun mo'ljallangan bo'lib, chakana savdoga chiqarilishi kutilmayapti.
[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2Fpzj4rb0xq0Y%3Ffeature%3Doembed&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3Dpzj4rb0xq0Y&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2Fpzj4rb0xq0Y%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]






























Izohlar 0
…