UYEFA Rossiya terma jamoasi bo'yicha qarorini e'lon qildi

UYEFA 2026/2027 yilgi Millatlar ligasi uchun qur'aga tashlash savatlari tarkibini ma'lum qildi. Avval xabar qilingani kabi, turnir ishtirokchilari ro'yxatida Rossiya terma jamoasi yana ko'rinmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bunday qaror kutilmagan emas: Rossiya futbol ittifoqiga (RFI) nisbatan joriy etilgan cheklovlar hanuz amal qilmoqda va ular FIFA darajasida ham saqlanib turibdi. Bu sanksiyalar qariyb to'rt yildirki davom etmoqda, shu bois Rossiya terma jamoasi ushbu davrda faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish huquqiga ega.
Millatlar ligasi qur'asi 12 fevral kuni o'tkaziladi. O'tgan yozda musobaqada Portugaliya terma jamoasi zafar quchgan, finalda Ispaniya bilan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida g'olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!