date

Huawei 5,3 Gbit/s tezlikdagi Wi-Fi X routerini sotuvga chiqardi

Huawei 5,3 Gbit/s tezlikdagi Wi-Fi X routerini sotuvga chiqardi

"Huawei" kompaniyasi Xitoy bozorida o'zining yangi Wi-Fi X mobil routerini 2499 yuan (taxminan 345 dollar) narxda sotuvga chiqardi. Qurilma uchta tashuvchi chastotani birlashtirish texnologiyasi va to'rt kanalli uzatkich bilan jihozlangan bo'lib, yuklash tezligini 5,3 Gbit/s gacha, ma'lumot uzatishni esa 1000 Mbit/s gacha yetkazadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi gadjet korpusi ichiga 16 ta antenna joylashtirilgan bo'lib, ular 360 darajali qamrovni ta'minlaydi. Qurilmaning barqaror ishlashi uchun ikki qatlamli grafendan iborat maxsus sovutish tizimi qo'llanilgan, bu esa yuqori yuklamalarda ham qizib ketishning oldini oladi.

Router 12 000 mAch sig'imli akkumulyator bilan ta'minlangan bo'lib, u quvvatlantirmasdan 24 soat davomida ishlash imkonini beradi. Shuningdek, qurilma 4K formatdagi videolarni uzluksiz ko'rish va yirik hajmli fayllarni tezkor almashish uchun optimallashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei 5,3 Gbit/s tezlikdagi Wi-Fi X routerini sotuvga chiqardi