«Mikel Artetaga chempionlikni bering»: Gvardiola qanday javob berdi?

"Manchester City" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" muxlislarining Mikel Artetaga chempionlikni berish haqidagi chaqiriqlariga keskin javob qaytarib, bu ligada hech narsa tekinga berilmasligini ta'kidladi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, sovrinlar rahm-shafqat yoki chiroyli o'yin uchun emas, balki faqat maydondagi qattiq mehnat va g'alaba orqali qo'lga kiritiladi. Gvardiola raqiblarini uni chetga surish haqida o'ylash o'rniga, maydonda haqiqiy kurash olib borishga va chempionlikni munosib tarzda tortib olishga chaqirdi. Mazkur bayonot chempionlik poygasi qizg'in pallaga kirgan vaqtda "shaharliklar"ning taslim bo'lish niyati yo'qligini yana bir bor tasdiqladi.
Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi qizgʻin nuqtaga kirgan bir paytda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keskin bayonot bilan chiqdi. U «Arsenal» muxlislarining «Mikel Artetaga chempionlikni bering» degan chaqiriqlariga aniq va qattiq javob qaytardi.
Ispaniyalik mutaxassis bu ligada hech kimga hech narsa tekinga berilmasligini alohida taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, barcha yutuqlar mehnat, intizom va kurash orqali qoʻlga kiritiladi.
«Unga gʻalaba qozonish imkonini beraymi? Bu xayriya emas, bu — Premer-liga. Menga hech kim hech narsa bermagan, hammasini oʻzim olganman. Agar Arteta chempionlikni xohlasa, u qayerda ekanimni biladi. Meni chetga chiqarishni emas, maydonda yengishni oʻylang. Myen gʻalaba qozonishdan charchamayman», — dedi Gvardiola.
U shuningdek, «Arsenal»ni chempionlikka loyiq deb atayotganlarga ham savol tashladi: «“Arsenal”ni chempionlikka loyiq, deyishyapti. Nima uchun loyiq? Chunki ikkinchi oʻrinni chiroyli qilib olgani uchunmi? Sovrinlar rahm-shavqat bilan berilmaydi. Agar mening gʻalabalarimni istamasangiz — meni toʻxtatinglar. Hammasi juda oddiy».
Maʼlumki, ayni damda chempionlik uchun asosiy kurash aynan «Arsenal» va «Manchester Siti» oʻrtasida kechmoqda. Qolgan jamoalar esa bu poygadan ancha oldin chetda qolgan.
Qisqacha aytganda, Gvardiola signalni aniq berdi: bu yerda hissiyot emas, natija hal qiladi. Chempionlikni istasang — olish kerak, soʻrab emas.






























Izohlar 0
…