date

Truecaller aksiyalari IPO dan keyin 78 foizga arzonlashib ketdi

Truecaller aksiyalari IPO dan keyin 78 foizga arzonlashib ketdi

Dunyodagi eng yirik raqam aniqlash platformalaridan biri bo'lgan "Truecaller" o'zining asosiy bozorlarida o'sish sur'ati sekinlashishi va raqobat kuchayishi kabi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Hozirda 500 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega kompaniya uchun Hindiston eng yirik bozor bo'lib qolmoqda, biroq bu yerda yuklab olishlar soni 2025-yilda 16 foizga kamaygan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniyaning moliyaviy holati ham investorlarda xavotir uyg'otmoqda. 2021-yildagi IPOdan beri aksiyalar narxi 78 foizga tushib ketdi.


Bunga qisman Google bilan bog'liq reklama algoritmlaridagi muammolar va reklama daromadlarining kamayishi sabab bo'lgan. Hozirda kompaniya daromadining qariyb 70 foizi aynan reklama segmentiga to'g'ri keladi.

Vaziyatni o'nglash uchun "Truecaller" sun'iy intellektga asoslangan yordamchi va oilaviy himoya kabi pullik obuna xizmatlarini kengaytirmoqda. Shuningdek, biznes mijozlar uchun mo'ljallangan xizmatlar segmenti 39 foizga o'sgan.


Kompaniya rahbari Rishit Jhunjhunwala yangi texnologiyalar raqobatni emas, balki muammoning dolzarbligini tasdiqlashini ta'kidladi.

Apple va Google kabi texnologik gigantlar o'z operatsion tizimlariga raqam aniqlash funksiyalarini qo'shishi uchinchi tomon ilovalariga bo'lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin. Shunga qaramay, "Truecaller" o'zining shaxsiy reklama birjasini yaratish va iOS platformasidagi ulushini oshirish orqali bozorga moslashishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Truecaller aksiyalari IPO dan keyin 78 foizga arzonlashib ketdi