27 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari eʼlon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 27-aprel holatiga ko‘ra o‘lchovli oltin quymalarning yangi narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 200 so‘mga oshib, 5 grammlik quyma 9 465 000 so‘m etib belgilandi. Oltin quymalarni barcha bank filiallaridan sotib olish mumkin, biroq talab yuqoriligi sababli borishdan oldin ularning mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 27 apreldagi sotuv narxlari eʼlon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 200 soʻmga oshgan.
Oʻlchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 465 000 soʻm.
10 gram — 18 748 000 soʻm.
20 gram — 37 496 000 soʻm.
50 gram — 93 741 000 soʻm.
100 gram — 187 482 000 soʻm.
Oʻlchovli oltin quymalarni Oʻzbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal surʼatda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Koʻplab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
























Izohlar 0
…