Al-Nasr Ronalduga 2027 yildan keyin ham rol topmoqchi

Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, “Al-Nasr”ni tark etish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rejaga ko‘ra, Ronaldu “Al-Nasr”dagi hozirgi ulushi oshirilib, 15 foizgacha yetkazilishi mumkin. Liga esa Ronaldu ketishi ortidan jahon hamjamiyati qiziqishi keskin pasayib ketmasligi uchun turli mexanizmlarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda “Al-Nasr”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!