date

Flik Pragada o'tkazib yuborilgan gollar sababini aytdi

Flik Pragada o'tkazib yuborilgan gollar sababini aytdi

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chexiyadagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa standart vaziyatlar ustida qanchalik ishlagani haqidagi savolga javob berdi. Hafta o'rtasida kataloniyaliklar “Slaviya”ni 4:2 hisobida mag'lub etdi, raqibning ikki goli ham burchak zarbalaridan so'ng kiritildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Flikning ta'kidlashicha, Pragada uchrashuv o'ziga xos kechgan: sovuq ob-havo sabab jamoaga moslashish uchun vaqt kerak bo'lgan. Uning aytishicha, ikkinchi gol epizodi shunday vaziyatlarda ro'y berishi mumkin — Levandovskida to'pga munosabat bildirishga vaqt bo'lmagan.

Mutaxassis himoyadagi ishonchini ham yashirmadi: avvalroq “Barselona” tartibli himoya bilan ajralib turganini eslatdi. Shuningdek, klub tarixan bo'yi baland futbolchilar ko'p bo'lmagani standartlarda muammo tug'dirishi mumkinligini qayd etib, bunday vaziyatlarda to'g'ri boshqaruv hal qiluvchi ahamiyatga egaligini qo'shimcha qildi.

Yakshanba kuni “Barselona” o'z maydonida “Real Oviedo”ga qarshi bahs o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Pragada o'tkazib yuborilgan gollar sababini aytdi