date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus”i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham o‘ynagan va hatto klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yaqin bo‘lgan lavozimda qaytmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokida tanishtirish marosimini ham o‘tkazdi.

Fransuz mutaxassisning aniq vazifalari rasman ochiqlanmagan. Biroq klub bayonotiga ko‘ra, u strategik masalalar bilan shug‘ullanadi hamda “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi