Yulduz Usmonova eng katta pushaymoni haqida ochiq gapirdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova intervyularining birida hayotidagi eng katta pushaymoni haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi. Xonanda yoshligida ilm va tasavvufga yetarlicha e’tibor qaratmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Uning fikricha, ushbu yo‘lni ertaroq tanlaganida, ko‘plab hayotiy haqiqatlarni ancha oldin anglab yetgan bo‘lar edi. San’atkor o‘zining bugungi tajribasi bilan o‘tmishdagi qarashlariga mana shunday xolis baho berdi.
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova intervyulardan birida shaxsiy hayotiga oid samimiy iqrorlari bilan oʻrtoqlashdi.
Suhbat davomida unga “hozirgi tajribangiz bilan 20 yoshli Yulduzga nima derdingiz?” degan savol berilgan.
Xonanda bu savolga javoban yoshlikdagi oʻziga aytar gapi yoʻqligini, ammo bir muhim masalada afsuslanishini taʼkidladi.
Yulduz Usmonovaning aytishicha, uning eng katta pushaymoni — ilm va tasavvufga oʻz vaqtida eʼtibor qaratmaganidir.
U bu yoʻlni ertaroq tanlaganida, koʻp narsalarni oldinroq anglab yetgan boʻlardim, deya fikr bildirdi.






























Izohlar 0
…