Oqqo‘rg‘on maktabida aktrisa Nilufar Hamidova bilan uchrashuv mojaroga sabab bo'ldimi?

Oqqo‘rg‘on maktabida aktrisa Nilufar Hamidova bilan uchrashuv mojaroga sabab bo'ldimi?
Qisqacha

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 48-maktabda aktrisa Nilufar Hamidova bilan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan kelishilmagan holda, belgilangan tartib-qoidalarni buzgan tarzda tashkil etilgani aniqlandi. Hozirda vazirlik tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aybdorlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktablarning biri aktrisa Nilufar Hamidovani ijodiy uchrashuvga taklif qilgani aks etgan video keng tarqalib ko’plab muhokamalarga sabab bo’lmoqda.

Mazkur holat Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Aniqlanishicha, ushbu voqea 2026 yil 21 aprel kuni soat 13:10 da Oqqo‘rg‘on tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Oqqo‘rg‘on tumani hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “ijodiy uchrashuv” doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Qushtamg‘ali” mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan ma’lum qilingan.

Shunga asosan, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan konsert maktab hududida o‘quvchilar bilan tashkil etilgan.

Biroq, mazkur tadbir haqida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limiga oldindan ma’lumot taqdim etilmagan. Bu esa belgilangan tartib-qoidalarning qo‘pol ravishda buzilganini ko‘rsatadi.

Hozirda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilayotganini hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishini bildirib, qo’shimcha ma’lumotlar o’rganish yakuniga ko’ra taqdim etilishini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar