date

Fernandesning agenti "Real Madrid"ga ehtimoliy transfer mish-mishlarini rad etdi

Fernandesning agenti "Real Madrid"ga ehtimoliy transfer mish-mishlarini rad etdi

"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandesning Ispaniya poytaxtiga tashrifidan so'ng uning kelajagi borasida turli xabarlar tarqaldi. Argentina terma jamoasi a'zosi Madrid Ochiq chempionatida "Real Madrid" yulduzi Jud Bellingem bilan ko'rishgani aks etgan video muxlislar orasida tezda ommalashdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Fernandesning agenti Xaver Pastore o'z mijozi Madrid klubiga o'tishga harakat qilayotgani haqidagi da'volarni rad etdi. Uning ta'kidlashicha, futbolchi faqat "Chelsi"dagi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga e'tibor qaratgan.


"Ko'p narsa aytilmoqda, ammo aslida hech narsa ro'y berayotgani yo'q. Uning Ispaniyaga tez-tez borishi faqat shaxsiy sabablarga bog'liq", dedi Pastore.

Agentning qo'shimcha qilishicha, Enzoning Madridda do'stlari bor va u bo'sh vaqtini o'sha yerda o'tkazishni yoqtiradi.

Pastore futbolchining "Chelsi"dagi o'zgaruvchan roliga ham to'xtalib o'tdi. Uning aytishicha, Fernandes turli murabbiylar qo'l ostida ham hujumkor, ham himoyaviy pozitsiyalarda o'ynay oladigan universal futbolchi hisoblanadi.

Xabarlarga ko'ra, agar katta miqdordagi taklif tushsa, London klubi futbolchini sotish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. 2023 yilda "Benfika"dan 106,8 million funt sterling evaziga xarid qilingan Fernandes hamon futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchilardan biri bo'lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fernandesning agenti "Real Madrid"ga ehtimoliy transfer mish-mishlarini rad etdi