date

Fransiyada ham mundialni boykot qilish ehtimoli bor

Fransiyada ham mundialni boykot qilish ehtimoli bor

Avvalroq AQShda o‘tadigan jahon chempionati ayrim “progressiv Yevropa mamlakatlari” tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandik. Bu borada eng ko‘p gaplar Germaniyadan yangramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatga Fransiya sport vaziri Marina Ferrarining ham munosabati bo‘ldi. Uning aytishicha, hozircha Fransiyada bunday niyat yo‘q, chunki turnir juda muhim. Shunga qaramay, vazir vaziyat qanday o‘zgarishini kuzatib borishlarini va hech narsani istisno qilmasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyunda start oladi va bir vaqtning o‘zida uch mamlakat — AQSh, Meksika hamda Kanadada o‘tkaziladi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon chempionati finalchisi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada ham mundialni boykot qilish ehtimoli bor