date
add favorites

Olis «Bavariya» jamoasining chempionlik tantanasida maxsus futbolkani kiyishdan bosh tortdi

Olis «Bavariya» jamoasining chempionlik tantanasida maxsus futbolkani kiyishdan bosh tortdi

«Bavariya» jamoasi Bundesliganing 35-chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng, fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olisning xatti-harakatlari muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab bo'ldi. Myunxenliklar «Shtutgart» ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonib, titulni rasmiylashtirgan tunda futbolchi o'zini g'alati tutgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Olis «Alyans Arena» maydonida maxsus chempionlik futbolkasini kiyishdan bosh tortgan yagona futbolchi bo'ldi. U bayram tadbirlari davomida o'yin libosida qolishni afzal ko'rdi va jamoaviy suratlarda deyarli ko'rinish bermadi.

Shuningdek, u «Janubiy tribuna» oldidagi umumiy suratga tushish jarayonida ham ishtirok etmadi.

Klub rahbariyati 24 yoshli futbolchining nima sababdan an'anaviy marosimlarni o'tkazib yuborganiga hozircha izoh bermadi. Ta'kidlash joizki, Olis o'tgan mavsumdagi chempionlik bayramida ham jamoadoshlari bilan quvonish o'rniga, telefonda shaxmat o'ynab o'tirgani bilan yodda qolgan edi.

Jamoa himoyachisi Jonatan Ta futbolchining bu xatti-harakatlarini uning ommaga nisbatan sovuqqonligi bilan izohladi. Tanining so'zlariga ko'ra, Olis hayotda juda kirishimli va jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi guruhida asosiy yetakchi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olis «Bavariya» jamoasining chempionlik tantanasida maxsus futbolkani kiyishdan bosh tortdi