date

«Liverpul» Olise transferi uchun 200 million yevro to'laydi

«Liverpul» Olise transferi uchun 200 million yevro to'laydi

Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marsel Desayi «Bavariya» hujumchisi Maykl Olisening kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Jahon chempioni 24 yoshli futbolchining Myunxen klubida uzoq vaqt qolishiga ishonmayapti. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Desayi Oliseni o'ziga xos mahorat egasi va jamoa hujumining asosiy kuchi deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchining to'p bilan ishlashi va intizomi hayratlanarli darajada yuqori.

Sobiq himoyachi Oliseni dunyoning eng yaxshi o'yinchilari qatoriga qo'shdi.

Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan 53 mln yevro evaziga «Bavariya»ga o'tgan edi. Hozirda unga «Real Madrid», «Barselona» va «Liverpul» kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

Xususan, ingliz klubi futbolchi uchun 200 mln yevro to'lashga tayyorligi aytilmoqda.

«Bavariya» rahbariyati esa vaziyatga xotirjam qaramoqda. Klub bosh direktori Yan-Kristian Drezen va sport direktori Maks Eberl futbolchining 2029 yilgacha shartnomasi borligini hamda uni yozda sotish niyatida emasliklarini ta'kidlashdi.

Olise joriy mavsumda myunxenliklar safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning yordamida «Bavariya» 30-marta Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi va endi YeCHL yarim finalida «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» Olise transferi uchun 200 million yevro to'laydi