Deklan Rays dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishga yaqinlashmoqda

Deklan Rays dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishga yaqinlashmoqda
Qisqacha

Deklan Rays, "Arsenal" jamoasining yarim himoyachisi, futbol olamida eng yaxshi o'yinchilardan biriga aylanishi kutilmoqda. U 105 million funt sterling evaziga transfer qilingan va o'zining o'yin uslubi bilan jamoaning haqiqiy etakchisi bo'lishi kerakligi ta'kidlangan. Raysning universalligi uni maydonning har qanday nuqtasida samarali o'ynash imkonini beradi. Agar "Arsenal" muvaffaqiyat qozonsa, u 2026 yilda "Oltin to'p" sovrini uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lishi mumkin.

«Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Genri Lansberi London klubi yarim himoyachisi Deklan Raysning o'yiniga yuqori baho berdi. Uning fikricha, 105 million funt sterling evaziga transfer qilingan futbolchi dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Rays o'z faoliyatini «Vest Xem» safida markaziy himoyachi sifatida boshlagan edi, biroq keyinchalik tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasiga o'tdi. «Arsenal» tarkibida esa uning roli yanada kengayib, hujumkorroq harakat qiladigan sakkizinchi raqamli o'yinchiga aylandi.

Lansberi Deklan Raysni «Manchester Yunayted» afsonasi Roy Kin bilan solishtirdi. Uning ta'kidlashicha, Rays jamoaning haqiqiy yetakchisi va sardori bo'lishi kerak.

Futbolchining universal xususiyatlari uni maydonning istalgan nuqtasida, hatto qanot himoyasida ham samarali o'ynashiga imkon beradi.

Agar «Arsenal» Angliya Premyer-ligasi yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, Rays 2026 yilda «Oltin to'p» sovrini uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lishi kutilmoqda. Hozirda 27 yoshli futbolchi o'zining barqaror o'yini va standart vaziyatlardagi mahorati bilan ajralib turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar