date

Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmadi

Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmadi

Avvalroq AQSHda o‘tadigan jahon chempionati ayrim “progressiv yevropalik” davlatlar tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bu mavzu ayniqsa Germaniyada faol muhokama qilinmoqda. Endi vaziyatga Fransiya sport vaziri Marina Ferrari ham munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ferrari hozircha bunday niyat yo‘qligini ta’kidladi: turnir nihoyatda muhim. Shunga qaramay, u kelgusida hech narsani istisno etmasligini aytib, vaziyat qanday o‘zgarishini kuzatib borishlarini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyunda start oladi va bir vaqtning o‘zida uch mamlakat — AQSH, Meksika hamda Kanadada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmadi