Karpin Golovinga bergan maslahatlari haqida hazillashdi

Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin bilan «Real»ga qarshi o'yin oldidan bo'lgan suhbat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, 20-yanvar kuni «Monako» Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida yutqazdi. Uchrashuv oldidan Karpin Golovin bilan tushgan suratini e'lon qilib, futbolchiga bir nechta maslahat berganini aytgandi.
Karpinning ta'kidlashicha, o'sha gaplar jiddiy ko'rsatma emas, oddiy hazil va kinoya bo'lgan. «Golovinning o'yiniga bordim, afsuski, uchrashuv omadsiz yakunlandi. Qanday maslahat berishim mumkin? Buning uchun murabbiylar shtabi bor», — deya Karpinning so'zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.
Golovin bu mavsum Fransiya Ligasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!