Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyero rekordini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus» safida «Napoli» darvozasiga yo‘llangan uch golning biriga mualliflik qildi. Biroq uchrashuv Luciano Spalletti boshchiligidagi jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik hujumchi uch ochkolik tizim joriy etilgan davrda A Seriyasining bir mavsumida «Napoli»ga qarshi o‘tkazilgan ikki o‘yinning ikkalasida ham «Yuventus» nomidan gol urgan atigi beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.
Joriy mavsum A Seriyasida Kenan Yildiz hisobida 8 ta gol bor, shuningdek u jamoadoshlariga 4 marta golli pas uzatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!