Gleb Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin deydi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus terma jamoasining Viktor Gancharenko qo‘l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glebning aytishicha, Gancharenkoga Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo‘lmaydi. U terma jamoa va klubni boshqarish mutlaqo boshqa-boshqa ish ekanini ta’kidlab, yangi vazifada Viktor Mixaylovich qanday uddalashini vaqt ko‘rsatishini “RB Sport”ga aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, sobiq futbolchi har qanday sharoitda ham jamoa va murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning umidi – Gancharenko bilan Belarus termasi oldinga qadam tashlaydi.
Eslatib o‘tamiz, belarusliklar yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!