date

Hyundai kompaniyasi Pekinda Cybertruck uslubidagi Ioniq V sedanini namoyish etdi

Hyundai kompaniyasi Pekinda Cybertruck uslubidagi Ioniq V sedanini namoyish etdi

Janubiy Koreyaning "Hyundai" kompaniyasi Pekin avtosalonida faqat Xitoy bozori uchun mo'ljallangan yangi "Ioniq V" elektr sedanini taqdim etdi. Ushbu model brendning boshqa bozorlardagi avtomobillaridan tubdan farq qiladi va kompaniyaning "Origin" deb nomlangan yangi dizayn yo'nalishini namoyish etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Elektromobilning tashqi ko'rinishi o'ziga xos o'tkir qirrali va burchakli dizayni bilan ajralib turadi, bu esa ko'pchilikda "Tesla Cybertruck" uslubini yodga soladi. Avtomobilning uzunligi 4 900 mm, g'ildiraklar bazasi esa 2 900 mm ni tashkil etadi, bu ko'rsatkichlar bo'yicha u "Ioniq 6" modeliga yaqin turadi.


Salonda 27 dyuymli 4K aniqlikdagi panoramali ekran, proeksion displey va "Dolby Atmos" tizimiga ega audio qurilmalar o'rnatilgan. Texnik jihatdan yangilik 800 voltli platformada qurilgan bo'lib, u quvvatni tezroq to'ldirish imkonini beradi.

Bir marta to'liq quvvatlanish orqali avtomobil 600 kilometrdan ortiq masofani bosib o'tishi ma'lum qilingan.


"Hyundai" rahbariyati Xitoy bozorini nafaqat sinov maydoni, balki global kengayish asosi deb hisoblamoqda. Kompaniya yaqin besh yil ichida ushbu mamlakatda 20 ta yangi modelni, jumladan, to'liq elektr va gibrid avtomobillarni sotuvga chiqarishni rejalashtirgan.

[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2FCbhFx4mCpRc%3Fstart%3D2%26feature%3Doembed%26start%3D2&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3DCbhFx4mCpRc&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2FCbhFx4mCpRc%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Hyundai kompaniyasi Pekinda Cybertruck uslubidagi Ioniq V sedanini namoyish etdi