Karpin Golovingа bergan maslahatlarini hazil va kinoya deb atadi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga “Real”ga qarshi o‘yin oldidan maslahat bergani haqidagi postiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni “Monako” Chempionlar ligasida Madridda “Real”ga 1:6 hisobida yirik mag‘lub bo‘lgandi. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratni joylab, unga bir nechta tavsiyalar berganini aytgandi.
“Golovinning o‘yinini stadionda ko‘rdim, afsuski, muvaffaqiyatsiz kechdi. Men bergan maslahatlar — hazil va kinoya, xolos. Men unga nima ham deb maslahat bera olardim? Buning uchun murabbiylar shtabi bor”, — deya Karpinning so‘zlarini “Chempionat” keltiradi.
Golovin joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!