date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada yaponlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki gol urib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda yana yutqazdi