Eberl Musialaga maydonda ko'proq vaqt kerakligini aytdi

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "Augsburg"ga qarshi o'yindan (1:2) so'ng yarim himoyachi Jamal Musialaning holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, yuqori darajadagi chempionatga qaytish oson emas: Musiala bu safar atigi yarim soat o'ynadi va asta-sekin sport formasini tiklamoqda. Eberl futbolchiga maydonda ko'proq o'yin amaliyoti zarurligini qayd etdi. U jarima maydoni ichida ikki-uchta imkoniyatga ega bo'lganini ham eslatdi. Eberlga ko'ra, to'qqiz oylik tanaffusdan keyin maydonda tez va to'g'ri qaror qabul qilish darhol yo'lga tushmaydi.
Joriy Bundesliga mavsumida Musiala ikki uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.
"Bavariya" navbatdagi o'yinini 28-yanvar kuni PSVga qarshi o'tkazadi. Chempionlar ligasi 8-tur bellashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!