Zabarniy PSJ g'alabasidan keyin jamoaning kuchini aytdi

Fransiya chempionati 19-turida PSJ safarda "Oser"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv taqdirini yakunda qanot hujumchisi Bredli Barkola kiritgan yagona gol hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng himoyachi Ilya Zabarniy natija va jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi.
Unga ko'ra, PSJ oxirigacha raqibni siqib borishiga ishongan: parijliklar hech qachon to'xtab qolmaydi, hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar hujumni davom ettirib, tempni ushlab turadi. Zabarniy gol urilishi faqat vaqt masalasi bo'lganini ta'kidladi.
Bu g'alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg'arib, Liga 1 jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. PSJ "Lans"dan ikki ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing