Djikiyaning agenti Antalyaspor’dagi kelajagi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya vakili Vladimir Kuzmichyov rossiyalik futbolchining klubdagi kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va jamoa unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab — yengil jarohat bo‘lgan. Hozir futbolchi to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda qatnashishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumdagi ko‘rsatkichi — 12 ta o‘yin va 2 ta gol. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing