Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bellashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.
6 turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'arib, uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing