David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida to‘p surib, klub bilan birga Argentinaning ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege «River Pleyt»ga futbolchi sifatida emas, balki klub boshqaruv tizimida faoliyat olib borish uchun kelmoqda. Uning aniq lavozimi hozircha rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni rahbariyat to‘liq ishtirok etgan taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.
Taqdimot davomida Trezening strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!