date

Yulduz Usmonova AQSH vizasi rad etilganidan so‘ng keskin bayonot berdi

Yulduz Usmonova AQSH vizasi rad etilganidan so‘ng keskin bayonot berdi

Yulduz Usmonovaga AQShga kirish taqiqlanib, viza rad etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shundan soʻng xonanda oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida video murojaat bilan chiqib, bu holatga munosabat bildirdi.

U muxlislariga konsert chiptalarini sotib olgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga, ayrim fikrlarga javoban oʻz pozitsiyasini ochiq bayon qildi.

Xonanda oʻz qarashlarida qatʼiy ekanini va hech kimdan uzr soʻramasligini taʼkidladi. U oʻz nutqida zoʻravonlikka qarshi ekanini va insonparvarlik tamoyillarini qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

Yulduz Usmonova, shuningdek, oʻzini qadimiy xalq va madaniyat vakili sifatida hurmat qilishini bildirgan.

Sanʼatkor qanday holat boʻlishidan qatʼi nazar, ijodni davom ettirishini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, u butun insoniyat uchun qoʻshiq kuylashda davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova AQSH vizasi rad etilganidan so‘ng keskin bayonot berdi