date

Ilya Zabarny PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Ilya Zabarny PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Fransiya chempionati 19-turi doirasida PSJ safarda "Oser"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni o'yin oxirlarida qanot hujumchisi Bredli Barkola urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs yakunidan so'ng himoyachi Ilya Zabarny natija haqida o'z fikrlarini aytdi.

Ukrainalik futbolchi jurnalistlarga bergan izohida jamoa raqibni oxirigacha siqib borishiga ishonganini ta'kidladi: "PSJ hech qachon to'xtamaydi va o'z ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish faqat vaqt masalasi edi", dedi Zabarny.

Ushbu g'alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Parij klubi "Lans"dan ikki ochkoga oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ilya Zabarny PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi