Kenan Yildiz Ronaldu va del Pyero natijasini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus» safida «Napoli» darvozasiga kiritilgan uchta goldan biriga mualliflik qildi. Biroq uchrashuv Luciano Spalletti boshqaruvidagi jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik hujumchi g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda A Seriyaning bitta mavsumi doirasida «Napoli»ga qarshi har ikki o‘yinda ham «Yuventus» safida gol ura olgan atigi beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.
Joriy mavsumda Kenan Yildizning Italiya chempionatidagi hisobida 8 ta gol bor, shuningdek u jamoadoshlariga 4 bor golli uzatma ham bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!