Kenan Yildiz «Napoli»ga qarshi Ronaldu rekordini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus»ning «Napoli» darvozasiga urgan uch golidan biriga mualliflik qildi. Biroq uchrashuv Luciano Spaletti boshqaruvidagi jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik futbolchi — g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda A Seriyasining bitta mavsumidagi «Napoli»ga qarshi har ikki o‘yinda ham «Yuventus» safida gol urgan bor-yo‘g‘i beshinchi futbolchi. Avvalroq bunday natijani Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Piero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrichio Ravanelli (1994/95) qayd etgan.
Joriy mavsumda Yildizning Italiya chempionatidagi hisobida 8 ta gol bor, hujumchi yana 4 bor jamoadoshlariga golli uzatma ham bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!