date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surgan va jamoa bilan mahalliy ikkinchi divizion chempionligini ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruv tizimiga qaytmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali tanishtirdi, biroq sobiq futbolchining aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanadi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi